Javobgarlik yengillashtirilyapti

Date:

Joriy yil 23-oktyabrdagi O‘RQ–1092-son qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Kodeksga kiritilgan o‘zgartirish qo‘shimchalarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi.

Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun