Zo‘ravon ekstremizmga qarshi treninglar o‘tkazildi

Date:

O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yoshlarni zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mahallalarda ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Termiz shahrida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbir “Zo‘ravon ekstremizmni profilaktika qilish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Seminarning asosiy vazifasi – mahalla yettiliklari ishtirokida chegaraoldi hududlarda radikallashuv xavfini erta aniqlash, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish va ekstremistik g‘oyalarning oldini olish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda mahalla raislari, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro fikr almashdilar.

Soha mutaxassislari tomonidan ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga qarshi kurashish usullari, aholiga mo‘ljallangan samarali targ‘ibot-tashviqot mexanizmlari hamda yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish yo‘llari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

Yakunda amaliy mashg‘ulotlar va guruhiy muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarga zo‘ravon ekstremizmga qarshi “ijtimoiy immunitet”ni shakllantirishga xizmat qiluvchi aniq tavsiyalar taqdim etildi.

Oldingi sahifaTibbiy sug‘urta kerakmi?
Keyingi sahifaOlov tilsiz yov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun