Keskin va murosasiz bahslarda

Date:

Surxondaryo viloyatida sport maktablari o‘rtasida futzal bo‘yicha 2009–2014-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida viloyat chempionatining final bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ularning sport mahoratini oshirish hamda futzalga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Final bosqichida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro keskin va murosasiz bahslarda maydonga tushdi. Yosh futbolchilar o‘yin davomida chaqqonlik, jamoaviy hamkorlik va texnik mahoratini namoyish etib, tomoshabinlarga qiziqarli uchrashuvlar taqdim etdi.

Yakunda 2010-yillar toifasi bo‘yicha viloyat bosqichi sovrindorlari aniqlandi. Unga ko‘ra, Termiz shahar sport maktabi jamoasi ishonchli o‘yin namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sho‘rchi tumani sport maktabi jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qiziriq tumani hamda Uzun tumani sport maktablari jamoalari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa davomida yosh sportchilarning intilishi, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi hamda jamoaviy o‘yin madaniyati alohida e’tirof etildi. Bu kabi sport tadbirlari kelajakda yurtimiz futboli rivojiga hissa qo‘shadigan iqtidorli sportchilarni kashf etish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun