Mahallalarda xavfsiz muhit

Date:

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni mustahkamlash hamda nizolarning oldini olish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori asosida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanining Do‘stlik mahallasida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida notinch va nizoli oilalar bilan manzilli suhbatlar tashkil etildi. Unda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatlar davomida muammoli oilalar holati chuqur o‘rganilib, har biriga individual yondashuv asosida amaliy tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, oilalarni asrash hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun