Olov tilsiz yov

Date:

Yong‘in – insoniyat hayoti va sog‘lig‘iga, mulk va atrof-muhitga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlardan biri hisoblanadi. Uning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish har bir fuqaroning diqqat va mas’uliyatini talab qiladi.

Ta’kidlash lozimki, yong‘in ko‘pincha odamlarning bee’tiborliligi, elektr va gaz jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki yonuvchan ashyo va materiallarning qoidalarga zid saqlanishi oqibatida kelib chiqadi. Bunday holatlar nafaqat katta moddiy zarar, balki inson hayotiga ham tahdid solishi mumkin.

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ushbu xatarlarning oldini olish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

– aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilib, yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida ko‘rgazmali vositalar orqali ma’lumot berilmoqda;

– ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida uchrashuvlar tashkil etilib, bolalar va yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda;

– sanoat korxonalari, bozorlar, ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy obyektlarda profilaktik ko‘riklar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berilmoqda;

– yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar va amaliyotlar orqali ishchi-xodimlar hamda aholi favqulodda vaziyararda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatilmoqda.

Bundan tashqari, mavsumiy xavf-xatarlar – kuz-qish davrida isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, gaz va elektr jihozlarini qoidaga muvofiq ishlatish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

 “Olov tilsiz yov, ammo uning oqibatlari har qanday inson hayotiga tahdid solishi mumkin”. Shu bois aholi va jamoatchilikdan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Yong‘in xavfini oldini olishda har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Zulfiya Sohibova,

Viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun