392 nafar mahkum afv etildi

Date:

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu ruhda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida afv to‘g‘risidagi farmon imzolandi.

Unga ko‘ra, jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan pushaymon bo‘lgan 392 nafar shaxs afv etildi. Shundan 223 nafari to‘liq ozod qilindi, qolganlariga esa yengilliklar berildi — muddatidan ilgari ozod qilish, jazoni yengillashtirish yoki qisqartirish choralarini qo‘llash orqali.

Afv etilganlar orasida ayollar, keksalar, yoshlar hamda chet el fuqarolari ham bor. Mazkur qaror ularni oila bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.

Bu kabi insonparvarlik yondashuvi jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlash, fuqarolarda kelajakka ishonchni oshirish hamda sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...
KunTun
KunTun