Tashabbusli byudjetda hamkorlik kuchayadi

Date:

Prezidentning 2025-yil 29-avgustdagi PQ–264-sonli qaroriga ko‘ra, tashabbusli byudjet jarayonlari yangi bosqichga ko‘tariladi. Endilikda bu jarayonda fuqarolar, deputatlar va davlat idoralari o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Qonunchilik palatasida 11 nafar deputatdan iborat maxsus komissiya tuziladi. U tashabbusli byudjet jarayonlarini muvofiqlashtiradi, loyihalarning ijrosini nazorat qiladi va tahlil qilib boradi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab deputatlar har yili saylov okruglarida g‘olib chiqmagan, ammo hudud uchun muhim bo‘lgan 2 ta loyihani tanlaydi. Bu tanlov “Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshiriladi. Tanlangan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga yiliga BHMning 8 ming baravari miqdorida mablag‘ ajratiladi.

2026-yil 1-fevraldan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishda yangi tartib joriy qilinadi. Agar fuqarolar loyiha qiymatining 50 foizini o‘zlari qoplasa, loyiha g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizini davlat byudjeti moliyalashtiradi.

Mazkur qaror orqali aholining tashabbuslari yanada keng qo‘llab-quvvatlanadi, hududlarni rivojlantirishda davlat va jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun