Ta’limga texnologik ko‘mak

Date:

“Agrobank” viloyat hududiy filiali tashabbusi bilan viloyatdagi barcha Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga zamonaviy kompyuter va printerlar topshirildi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda boshqarma boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda bank mas’ullari ishtirok etdi.

 Har bir bo‘limga 2 tadan kompyuter jamlanmasi va 1 dona rangli printer berildi. Umumiy hisobda 30 ta kompyuter jamlanmasi va 15 ta printer taqdim etildi. Mazkur texnik yordam ta’lim bo‘limlari ish jarayonini samarali tashkil etishga, hujjat aylanishi va elektron ma’lumotlar bazasini yuritishda qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu yangilik ta’lim tizimida raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish va faoliyatning shaffofligini oshirishga ham muhim hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun