Tibbiyot infratuzilmasi yangilanmoqda

Date:

Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Termiz tumanida 2 ta oilaviy poliklinika, 5 ta oilaviy shifokorlik punkti, 2 ta poliklinika filiali va markaziy shifoxonalarda ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari qilindi, zamonaviy tibbiy jihozlar o‘rnatildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, 71-sonli oilaviy poliklinika hamda “At-Termiziy” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish, patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, muassasalarda “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish holati muhokama qilindi.

Mutasaddilar va tuman rahbarlari axborot berdi. Hokim tomonidan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholining sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun