Illatga o‘rin yo‘q

Date:

Kuni-kecha Prezidentimiz raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, bir qator vazifalar belgilandi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida mazkur vazifalar ijrosi doirasida oziq-ovqat xavfsizligi, go‘sht mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, to‘qimachilik korxonalarini sog‘lomlashtirish va maishiy korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohalar, tarmoqlar va hududlar kesimida kun tartibidagi masalalar ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan go‘sht narxini barqaror ushlab turish, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini tashkil etish vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, to‘qimachilik korxonalari faoliyatini tiklash va sog‘lomlashtirish, ishlab chiqarish hajmi hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun