O‘qish pulli bo‘lishi mumkin

Date:

Rossiya Davlat dumasiga chet ellik maktab o‘quvchilari uchun ta’limni pulli asosga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi.  RIA Novosti xabariga ko‘ra, hujjat Duma elektron bazasida joylashtirilgan.

Loyihada «Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida»gi federal qonunning 78-moddasiga o‘zgartish kiritish taklif qilingan. Unga muvofiq, chet el fuqarolariga maktabgacha, boshlang‘ich, asosiy va o‘rta umumiy, shuningdek, o‘rta maxsus ta’limni faqat pulli asosda olish huquqi beriladi.

Pulli ta’lim xizmatlari uchun to‘lovlar jismoniy yoki yuridik shaxslar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu to‘lovlar ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘rnatiladi. Loyihaning izoh yozuvida ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Rossiyadagi ta’lim tizimi xarajatlarini optimallashtirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilgan. Shuningdek, u chet ellik o‘quvchilar ta’limi bo‘yicha yagona huquqiy mexanizm yaratishni maqsad qiladi.

Qonun loyihasi hali Davlat dumasi qo‘mitalari va deputatlar tomonidan muhokama qilinadi. U qabul qilinsa, Rossiya maktablarida chet elliklar ta’limi shartnoma asosida pulli tarzda tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun