“Cho‘yinchi” muammolardan xoli

Date:

Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda Sherobod tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “Cho‘yinchi” mahallasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalarni muhokama qilish maqsadida mahalla hududida yakuniy yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda viloyat sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Sh. Sulaymonov, tuman bo‘limi boshlig‘i O‘. Saidov, shuningdek, xalq ta’limi bo‘limi, obodonlashtirish bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, “Toza hudud”, “Suv ta’minoti” kabi mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan mahalladagi xonadonlar ko‘zdan kechirilib, mavjud sanitariya holati, ichimlik suvi ta’minoti, hudud tozaligi va gigiyena bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi va ular joyida bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun