Infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Mo‘minqul” mahallasiga “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda mahallada 1 kilometrdan ortiq ichki yo‘llar asfaltlandi. Elektr energiyasi va ichimlik suvi tarmoqlari ta’mirlanib, yangilari tortilyapti.

Ko‘chalar obodonlashtirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilash hamda aholi bandligini ta’minlash maqsadida “voish” usulida uzum yetishtirish ishlari ham olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallada bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish, aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Oldingi sahifaOppoq-oppoq…
Keyingi sahifaTaklifi o‘rinlimi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun