Kursant kundaligi

Date:

Yarim tun. Negadir u uygʻonib ketdi. Qancha harakat qilmasin, baribir uxlay olmadi. Soʻngra oʻrnidan turib sumkasidan nimanidir qidirib topdi.

Bu qalam edi. Stolga oʻtirguncha xayoliga kelgan barcha fikrlarni qogʻozga tushira boshladi. Hash-pash deguncha kichik bir hikoya tayyor boʻldi. Soʻngra u yozganini ilgari yozgan hikoyalari orasiga qoʻshib qoʻydi.

Ludovico Einaudi kolleksiyasidagi oʻzi eng yoqtirgan kuyni qoʻydi va qoʻliga moʻyqalam olib, rasm chiza boshladi.

Negadir mana shu suratini olti oyki tugata olmaydi. Bugun u sur’atga “koʻzlar” hadya etdi.

Soʻngra oʻz ijodini toʻxtatdi va uyquga ketdi.

— Mana yigirma yildirki, u shunday yashaydi. Yolgʻiz va hokisor.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun