Fiziologiya holati asosida

Date:

Hukumatning “Oʻquvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yoʻnaltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (447-son, 17.07.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni tibbiy koʻriklardan oʻtkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga boʻlgan qobiliyatini aniqlash va sportga yoʻnaltirish boʻyicha elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi.

2025/2026-oʻquv yilidan har yili 1-marta maktab hamshiralari uchun oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etiladi. Shuningdek, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.

“ERP-maktab” axborot tizimida oʻquvchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida ularning sport turiga boʻlgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.

Oldingi sahifaQurt tushgan olma
Keyingi sahifaOppoq-oppoq…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun