Tasviriy va amaliy san’at yanada rivojlanadi

Date:

Bugungi kunda zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atiga ko‘plab yosh iste’dodlar kirib kelmoqda. Turli yo‘nalishlarda ijod qilayotgan rassom, haykaltarosh va xalq amaliy san’ati ustalari o‘z ijodlari orqali san’atimizga yangicha mazmun va shakl bag‘ishlamoqdalar. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatida tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovni qabul qildi. Uchrashuvda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, viloyatdagi Badiiy akademiya a’zolari uchun maxsus ustaxonalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, Surxondaryoda tasviriy va amaliy san’atni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Yakunda voha ijodkorlarining Yevropa mamlakatlarida ko‘rgazmalarini tashkil etish, har yili bahor oylarida Boysun tumanida xalqaro rassomlar festivalini o‘tkazish hamda Ro‘zi Choriyev nomidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun 60 o‘rinli yotoqxona binosi qurilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun