Sinov qat’iy va shaffof o’tmoqda

Date:

Ayni kunlar yoshlar uchun hayajonli, sinovli damlarga to‘la. Oliygoh, ixtisoslashgan va maxsus maktablarda kirish imtihonlar boshlanib ketgan. Bilimli, salohiyatli yoshlar uchun imtihonlar shaffof tarzda o’tkazilishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, viloyatimizda “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu test sinovlarida qatnashish uchun viloyat bo‘yicha jami 1 500 ga yaqin 5-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tgan. Ularga zarur sharoitlar yaratilib, ota-onalar va pedagoglar uchun ham qulayliklar ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Jasorat maktablari” Surxondaryoning 15 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, har bir hududdagi maxsus maktablarga 26 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. Keyingi bosqich — 2025-yil 17–18-iyul kunlari o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov topshirishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun