“Salomatlik turizmi” shaharchasi tashkil etiladi

Date:

Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitang tog‘ tizmasida, dengiz sathidan 1 200 metr balandlikda joylashgan “Xo‘jaikon” tuz g‘ori tabiatning o‘ziga xos mo‘jizasi bo‘lib, mineral tuz va qator qazilma boyliklar manbai hisoblanadi. Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, shu asosda yangi geologiya va salomatlikka oid loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumaniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan loyihalar holati va yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi. Jumladan, “Sherobod Kristall Salt” MCHJ tomonidan Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 15 million AQSH dollariga teng “Salomatlik turizmi” shaharchasini tashkil etish loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, “Xo‘jaikon Tuz” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan tuz ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha muhokama qilindi.

Mavjud resurs va salohiyatdan to‘liq foydalangan holda, sifatli mineral tuzlar ishlab chiqarish hamda turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan yirik loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun zarur infratuzilmani yaratish, yo‘llarni ta’mirlash va qulay sharoitlar ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, “Chorbog‘ Sherobod Tuz” MCHJda oliy navli tuz va boshqa mineral mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari, “Neokaliy” va “Xo‘jaikon Tuz” MCHJlarda kaliy tuzi hamda tuz konlarida qazishma ishlari bilan yaqindan tanishildi. Geologlar va mutasaddi tashkilotlar yangi mineral konlarni aniqlash, qazishma ishlarini olib borish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun