Mahallalar rivojlantiriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks rivojlantirish maqsadida arxitektura va qurilish yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlab chiqilgan master-rejalar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotlar Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on hamda Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq takliflar ilgari surilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov loyihalarni ko‘rib chiqib, ularni amaliy dasturlar asosida bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumanida ehtiyojmand oilalarga tomorqadan samarali foydalanish maqsadida kartoshka urug‘lari tarqatildi.

Mazkur tashabbuslar hududlarning ichki salohiyatini ochish, mahallalarni ixtisoslashtirish va aholi bandligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun