“Olovli nasihat”

Date:

Bir odam doim jamoat namozi uchun masjidga borar edi. Ammo, kunlarning birida u jamoatga chiqmay qo‘yibdi. Oradan bir ikki hafta o‘tgach masjid imomi undan xabar olmoqchi bo‘libdi.

O‘sha kuni kun juda sovuq bo‘libdi. Imom haligi odamni uyida yolg‘iz yonib turgan o‘choq oldida o‘tirganini ko‘ribdi. U esa, imomning kelganidan hayron bo‘lsa ham, o‘rnidan turib u bilan salomlashibdi va uyiga taklif qilib, o‘choq oldida birga o‘tirishibdi.

Imom uning oldida sukut saqlab, hech narsa demabdi. Ikkalasi ham og‘ir sukunat ichra o‘choqdagi olov raqsini tamosho qilib o‘tiribdi. Oradan bir necha vaqt o‘tgach imom o‘choq qisqichini olib zo‘r yonayotgan bir ko‘mir parchasini olovdan ajratib, alohida joyga qo‘yibdi. So‘ng, o‘rindiqqa suyanib, yana sukunatga berilibdi.

Uy egasi, alohida olib qo‘yilgan ko‘mir parchasi asta-sekin so‘nayotganini ko‘ribdi, oz vaqt o‘tib o‘sha olov parchapsi umuman so‘nib qolibdi.

Uyga kirganidan beri bir og‘iz so‘z aytilmabdi. Imom soatiga qarab, ketish vaqti bo‘lganini bilibdi. U asta-sekin o‘rnidan turar ekan, o‘sha so‘nib qolgan ko‘mir parchasini qaytadan olov o‘rtasiga joylab qo‘yibdi. Ko‘mir esa, boshqa yonayotgan ko‘mirlardan issiqlik va olov olib qayta yona boshladi…

Imom uydan chiqish uchun eshik oldiga kelganida uy egasi ko‘zlaridagi yoshlari bilan:

— Tashrifingiz uchun tashakkur va ayniqsa “olovli nasihatingiz” uchun minnatdorman. Ertadan boshlab jamoat namoziga qayta chiqishni boshlayman, — debdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...
KunTun
KunTun