So‘nggi yillarda xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha vakolatlarining takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.Bu farmon mahalliy darajada davlat hokimiyatini xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin.
Hujjat bilan yangilangan Konstitutsiyada mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganidan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ro‘yobga chiqarish borasida asosiy maqsadlar belgilandi. Ularga erishish, mahalliy vakillik organlari faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat 53 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Unga asosan, byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda deputatlarning ishtiroki kengaytiriladi.
“Mahalliy Kengash rayosati”, “Kengash raisi o‘rinbosari” institutlarini joriy etilib, Konsepsiya doirasida hokim o‘rinbosarligiga nomzodlarni mahalliy Kengash doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish bo‘yicha “Kengash soati” institutini joriy etish, fuqarolarning mahalliy Kengash sessiyasi ishini bevosita kuzatishi bo‘yicha tizimni yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, saylov huquqiga ega bo‘lgan kamida ming nafar fuqaroning tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqaroning viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan elektron murojaat kiritish huquqining berilishi Kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda bevosita fuqarolar ishtirokini oshirishga xizmat qiladi.
Mahalliy Kengashlarga ular ishtirokida lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxslarning odob-axloq normalariga rioya qilishini nazorat qilish vakolati ham berilmoqda, shu bilan birga, deputatlarning maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qator choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish kabi choralari amalga oshiriladi.
Dilfuza Jo‘rayeva,
Xaql deputatlari viloyat Kengashi deputati