MARKAZIY OSIYO — XITOY INFRATUZILMASI: KELAJAK SARI QADAM

Date:

Aynan shu yo‘nalishda, O‘zbekiston hukumati Xitoy bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli logistika tizimlarini joriy etish va chegara nazoratlarining avtomatlashtirilgan mexanizmlarini yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mintaqadagi savdo oqimini tezlashtiradi va soddalashtiradi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hamkorligini kuchaytiradi.
Shu bilan bir qatorda, bugun
bu kabi ishlarning keng ko‘lamdagi
holatini ko‘rish uchun respubli-kamizda amalga oshirilayotgan qator loyihalar haqida aytish mumkin. Ayniqsa, har bir viloyat, tuman, shaharda iqtisodiy zonalar tashkil etilgani va undagi amaliy ishlar tahsinga sazovor. Birgina Termiz yoshlar sanoat va tadbirkorlik iqtisodiy zonasini misol qilib oladigan bo‘lsak, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ish o‘rinlarini yaratish hamda hududiy sanoatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbusdir. Bu zonada yoshlar uchun yer maydonlari, bino-inshootlar, zarur infratuzilma, soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi. Bu boradagi ishlarda ham aholi farovon turmush tarzini yaxshilash va iqtisodiy infratuzilmasini kuchaytirish uchun bir qator ishlar olib borilmoqda. Bu zamon talabi va yangi qadam.
Tashabbusning mohiyatiga to‘xtaydigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo hamda Xitoy mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni, transport-logistika munosabatlarini mustahkamlash hamda “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘l-avtomobil yo‘llarini qurish rejalshtirilgan. Bu esa o‘z o‘rnida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro transport tarmoqlarini yaxshilab, eksport-import imkoniyatlarini kengaytirish hamda tezlashtirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, gaz, elektr energiya uzatilish liniyalarini barqarorligini ta’minlash ko‘zda tutilgani mamlakatimizning energetik ahamiyatini ham kuchaytirishga xizmat qiladi. “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, yuqorida tilga olingan temir yo‘l tarmog‘i, Xitoyning Yevroosiyo bozoriga chiqish strategiyasida muhim o‘rin tutadi.
Markaziy Osiyo – Xitoy yo‘nalishidagi hamkorlik faqat iqtisodiy manfaatlar bilan cheklanmay, balki mintaqadagi umumiy xavfsizlikni ta’minlash, chegaralardagi barqarorlikni mustahkamlash hamda terrorizm, noqonuniy savdo va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ham muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, ushbu infratuzilmaviy tashabbus mintaqaning siyosiy barqarorligini mustahkamlovchi geostrategik vositaga aylanmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ishonch darajasining oshib borayotganidan dalolat beradi.

Dilbar Normurodova,
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun