Insonparvarlik yordami koʻrsatildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga muvofiq, xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida “Navro‘z” bayrami va yaqinlashib kelayotgan “Ramazon hayiti” (Iyd al-Fitr) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuki qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Ushbu zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari Hayraton shahridagi “Astras” kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shuningdek, Mudofaa, Transport, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi va Tashqi ishlar vazirliklari mutasaddilari hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi. Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bug‘doy, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

Shuningdek, Mozori Sharif shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi. Tashrif davomida, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi Toshkentda Surxondaryoning 100 gektari bor

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, Yangi Toshkentda har bir viloyat uchun...

Muzrabotda qurilish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Sherobodda ichki ishlar xodimlari e’tirof etildi

25-oktyabr kuni Sherobod tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi...

Uzunlik xotin-qizlar Jizzaxda gulchilik tajribasini o‘rganmoqda

Uzun tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z. Mirzayeva...
KunTun
KunTun