Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

Date:

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida bir qator ishlar olib boriladi. Jumladan, aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirish orqali mamlakatimizda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targʻib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi va aholi orasida targʻib qilish ishlari tashkil etiladi.
Bunda aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oshirish, sogʻlom ovqatlanish, kunlik yurish va yugurishni targʻib qilinadi. “Yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanish ragʻbatlantirib boriladi. Plastik mahsulotlardan foydalanish kamaytirilib, oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni turlariga qarab saralash yoʻlga qoʻyiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun