Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Date:

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va importdan keltirilib realizatsiya qilinayotgan sut va sut mahsulotlarini kamida har olti oyda bir marta davriy baholashdan o‘tkaziladi. Bunda davriy baholash bilan bog‘liq xarajatlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, sut va sut mahsulotlarining tamg‘asida «tabiiy sut», «tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan» yoki «quruq sutdan ishlab chiqarilgan» yozuvlarini majburiy ko‘rsatish tartibi joriy etiladi. Ushbu tartiblar Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Hujjat loyihasida, 2025-yil 1-iyunga qadar «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifatni nazorat qilish markazi» davlat muassasasining hududiy laboratoriyalarida sut va sut mahsulotlarining xavfsizligini to‘liq tahlil qilish uchun laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va laboratoriyalar vakolatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun