Jarqo‘rg‘onlik yettovlon muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Date:

O‘quv yilining yakunlanishi, imtihon jarayonlarining boshlanishi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarning qalbiga bir olam hayajon solayotgani aniq. To‘g‘ri-da, imtihonlar qanday o‘tadi, savollarga to‘g‘ri javob bera olish, unga qadar puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasi… ana shunday paytda ba’zi yoshlar qarmoqni uzun tashlab qo‘yib, allaqachon talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lganiga nima deysiz?
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilari Otabek Abdumo‘minov, Abduazim Nurqobilovlar Kanadaning Vest universitetiga 80 foiz grant asosida, shuningdek, Elbek Hasanov, Xudoyberdi Turdimurodovlar Italiyaning Siena universitetiga 100 foiz grant asosida o‘qishga kirgani ma’lum bo‘ldi. Tengdoshlaridan qolishmagan holatda Azizbek Xo‘jaqulov AQSHning “Kent State University” oliygohiga to‘liq grant asosida, Diyorbek Orifjonov Kanadaning “International Business University” oliygohiga hamda Boburbek Jumayev Xalqaro Vestministr universitetining Toshkent filialiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi.

Oldingi sahifaSport bilan muntazam band
Keyingi sahifaTog‘ etagida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘z vazifasiga tiklandi

Oltinsoy tumanida yashovchi Nizomiddin Payziyev ish beruvchining noqonuniy harakatlaridan...

Qatʼiyat va chidamlilikni mustahkamlaydi

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va insonlar farovonligi, eng avvalo,...

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...
KunTun
KunTun