Musobaqalarga start berildi

Date:

Sport sohasida yuqori natijalarni qayd etish, yoshlarning jismoniy imkoniyati va iqtidorlaridan foydalanish uchun ularga munosib shart-sharoit yaratib berish lozim. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida vohamizda sport turlarini rivojlantirish borasida oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.
Soha mutasaddilarining taklif va tavsiyalari tinglanib, mas’ullarga sport turlari, jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh iqtidorlarni aniqlab, ularning shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shundan so‘ng, “Alpomish” sport arenasida sport turlari, xususan, parasport turlari bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi. Tadbirda viloyat rahbari ishtirok etib, sportchilarga omadlar tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...
KunTun
KunTun