Surxondaryo delegatsiyasi Xitoyda

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalari soha va tizimlarda yangi bosqichni boshlab beradi. Bu bilan aholi uchun qulayliklar, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi, hududlarda ishbilarmonlik muhiti rivojlanadi. Qolaversa, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Davlatlar o‘rtasida borib-kelish, savdo va tovar almashish jarayonlarida ham qulayliklar yaratiladi.
Ana shunday maqsadlarni ko‘zlagan holda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga asosan, viloyat hokimi o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari ayni paytda Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib turibdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Urumchi shahridagi “AIMEIDA” savdo uyida Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, fan-texnika yutuqlari bilan tanishish va zamonaviy texnologiyalarni yurtimizga olib kirish hamda vohamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozorlar topishdan iborat.
Ayni vaqtda viloyatimiz uchun ajratilgan pavilyonda ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shuningdek, tashrif davomida delegatsiyamiz Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar va muzokaralarda ham ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun