Hamkorlik muzokarasi o‘tkazildi

Date:

Surxondaryoda yagona bo‘lgan nodavlat oliygoh — Termiz iqtisodiyot va servis universitetida davlat universitetlaridan kam bo‘lmagan darajada ta’lim berilayotir. Yoshlarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lishlari yo‘lida nafaqat viloyatning, balki respublikamizning tajribali professor o‘qituvchilari jalb qilinibgina qolmay, xalqaro oliygohlarning tajribali kadrlari jalb etilganki, talabalarning berilayotgan ta’limdan ko‘ngillari to‘lgan.
Universitet Toshkentdagi Britaniya konsulligi vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Zoom platformasi orqali olib brogan muzokaralar ham ayni malakali pedagoglarni jalb qilish xususida bo‘ldi. Muzokara davomida O‘zbekistondagi Britaniya konsulligi bilan hamkorlikni rivojlantirish, universitetda tashkil etilgan xorijiy tillarni o‘qitish markazida ingliz tilini o‘qitishni zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda dasturlar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun