Iqtidorlar kashf etildi

Date:

“Turon” maktab teatri respublika tanloviga start berilgani maktabdagi iqtidorli, san’atga oshno yoshlarni jonlantirgani, bor iqtidor va mahoratlarini namoyish etishga chorlagani aniq. Iqtidorli o‘quvchilardan tashkil topgan jamoalar tanlovning hududiy bosqichlaridan saralanishdi va Surxondaryo viloyat bosqichiga ishtirok etadigan bo‘lishdi.
Intiqlik bilan kutilgan tanlovning viloyat bosqichi ham boshlanib, jamoalar Termiz shahridagi san’at saroyida jam bo‘lishdi. Ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan tadbirda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tilashdi.


Shundan so‘ng, tanlov shartlariga ko‘ra jamoalar bellashishdi. 3 ta shartdan iborat tanlovning birinchi shartida jamoalar o‘zlari tahsil olayotgan maktab faoliyati va erishilgan yutuqlar bo‘yicha chiqishlarini namoyish etishdi. Belgilangan me’yorlar asosida jamoalar hakamlar tomonidan baholanib borildi.
Qizg‘in kechgan “Madaniyat va san’at bilimdoni” deb nomlangan 2-shartda esa o‘quvchi-yoshlarning san’at va madaniyat borasidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 3-shartda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bunda o‘g‘il-qizlarning teatr, san’at va madaniyat borasida iqtidorlari kashf etildi desak adashmaymiz. Ko‘tarilgan mavzu to‘laqonli ochib berilgan jamoalarning chiqishlari yuqori baholandi.
Qizg‘in, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining yakunida Denov tumani jamoasi 3-, qiziriqliklar 2- va Sherobod tumani yoshlari faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘olib va sovrindorlar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan munosib taqdirlandi. Quvonarlisi, 1-o‘rin sohiblariga so‘nggi rusumdagi 8 dona kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun