Hayot saboqlarini anglab…

Date:

O‘tkir Hoshimov dunyosi, uning olami, ijodidagi nafislik va serjilolik barcha kitobxonni chuqur mushohada yuritishga undaydi. Yozuvchining kitoblari bugun ham eng ko‘p o‘qilayotgan asarlar-u romanlar sirasiga kira oladi. Ularda inson hayotidagi og‘ir kechinmalar, ezgulikning g‘alabasi, insonlarning orzu-umidlari ushalishi va kundalik hayotimizda yuz berayotgan oddiy voqea-hodisalarning o‘zgacha talqini ham tilga olingan. Biz esa o‘qigan kitoblarimizda bo‘lgan voqealarning choki ichida boʻlamiz, har bir qahramon hayoti bilan birga yashaymiz. Bunday nodir asarlarga O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini namuna qilaylik. Asarda azob-u alamlarga bardosh bera olgan insonlarga duch kelamiz. Alloh har bir insonni har xil sinovlar bilan siylar ekan. Masalan, Robiyaning kichik yoshidan boshlab toki o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lgan davrlarga bir nazar tashlasak, onasining ayanchli o‘limi va o‘z ko‘zlari yonida otasini johil insonlar tomonidan qamoqqa olinishi, sevgan insonini yillar davomida mushtoq kutishi, Umar zakonchi tomonidan juda ko‘p tazyiqlarga olinishi-chi va norasida bolaning yetim bo‘lib qolmasligi uchun o‘z tog‘asiga turmushga chiqishi… bu ham bir sinov emasmi? Robiya Kimsan ketgandan keyin har kecha ismlarining bosh harfi yozilgan kashtaga termulib o‘tirar edi. Ba’zi kunlari esa yig‘idan o‘zini hech toʻxtatolmas edi.
Robiya urilib-surilib bolalik chog‘larini o‘tkazgan. Ushbu romanda muhabbat bilan birgalikda vatanparvarlik, jasurlik, insof, vijdon, andisha singari mavzular ham qalamga olinadi, Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlari kitobxon qalbini larzaga soladi. Mazkur romanning “Ikki eshik orasi” deb nomlanishining sababi balkim ikkita eshik o‘rtasidagi o‘zbeklarga, ya’ni musulmonlarga xos bo‘lgan sevgi-muhabbat, andisha, hayo, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga xotinbozlik, xudbinlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi gunohiy amallardir. Bu romanda har bir insonga hayot saboqlari — muhabbat, vafo, burch va sadoqat, halollik, to‘g‘rilik xususidagi o‘gitlarini o‘rgatib kelganidadir. Insonlarga beriladigan jazo ham mukofot ham Alloh irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aks etadi.

Charos Xusanova
oʻquvchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun