Orzular alanga olsa…

Date:

Uchuvchi, harbiy bo‘lish har bir insonning bolalikdagi orzusi sanaladi. Ammo, hamma ham bu orzuni ro‘yobga chiqaravermaydi. Turmush tashvishlari, hayotning ikir-chikirlari bunga yo‘l qo‘ymaydi. Yoki vaqt o‘tib, qiziqishlarimiz, maqsadlarimiz o‘zgaradi. Ammo, bolalik orzusini ro‘yobga chiqaradiganlar ham bor.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Sho‘rchi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Vatanni himoya qilish muqaddas burch” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mudofa vazirligiga qarashli 36691-sonli harbiy qismning askar va ofitserlarining chiqishlari davomida ular aynan bolalik orzularini ro‘yobga chiqarganliklarini e’tirof etishdi. Bu albatta, o‘quvchi-yoshlarni befarq qoldirmadi va ularni ham orzu qilishdan to‘xtamaslik kerakligini uqtirgandek bo‘ldi.
Ayni tomoshalarni, harbiy akalari egnidagi harbiylik libosini ko‘rib-kuzatib turgan bolalarning qalbida ham sohaga qiziqish va mehr uyg‘ongan, harbiy bo‘lish orzusi tug‘ilgan bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun