Har qanday holatda ham…

Date:

Shunday kasb egalari borki, yozda issiqda, qishda izg‘irini sovuqda ham tinim, xalovat bilishmaydi. Ko‘pning, xalqning xizmati uchun o‘zlarini kamarbasta qilishadi. To‘g‘ri, ularning mehnati ko‘zga ko‘rinmas, ammo ayni ular sabab kunu tun chirog‘ib yoniq, pechimizda zangori olov lipillab, uyimizni isitib turibdi. Xabar berib borayotganimizdek, viloyat kuz-qish Shtabi tomonidan aholiga kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti barqarorligini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, belgilangan mahallalarda elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda avariya holatlarini oldini olish maqsadida tarmoqlar ta’mirlanmoqda.
Sariosiyo tumanining tog‘li hududida joylashgan “Chosh” qishlog‘ida yoqqan yarim metrlik qor qoplamiga qaramay, elektr ta’minoti korxonasi muhandislaridan iborat maxsus brigada 110/10 kV “Debodom” podstansiyasidan chiquvchi 1-fiderda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etishdi. Hozirda belgilangan hududlarda aholini oldindan xabardor qilgan holda tarmoqlarni ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun