“Balli, qizlar”

Date:

Haftaning payshanba kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilib, ushbu kunlarda yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlov va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bu tashabbuslar yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan Boysun tumani 2-sonli texnikumida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tumandagi texnikumlarda tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida ishtirokchi qizlar o‘zlarining chaqqonligi, iste’dodi va mahoratini namoyish etdilar. Tadbir yakunida g‘olib hamda faol qatnashgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va vaucherlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun