Tadqiqot natija berdi… mi?

Date:

Boshda og‘riq turib, quloqlarda shovqin kuzatilsa, holsizlik va og‘irlik hissi namoyon bo‘layotganini sezgan kishilar yaxshi bilishadiki, ularda qon bosimi ko‘tarilgan. Tibbiyot tilida gipertoniya deb nomlanuvchi ushbu kasallik qon tomirlarining nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadi. So‘nggi yillarda tez-tez kuzatilayotgan gipertoniya xastaligi insonlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biri ekani kishini xushyor torttiradi. Yurakning uzoq vaqt davomida zo‘riqib ishlashi esa yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.
Kaliforniya universiteti olimlari gipertoniyadan samarali himoyalanish yo‘lini AQShning Kaliforniya universiteti olimlari 5100 kishi ishtirokida o‘tkazilgan 30 yillik tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ushbu xulosalar jismoniy faollik katta yoshli kishilarda gipertoniya rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini aks ettiradi. Tadqiqot avvalida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilarning hayotiy faoliyati tahlil qilindi. So‘ngra, ularning 40 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan davrdagi salomatlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Yakunda gipertoniyaning oldini olish uchun yoshlikda haftasiga kamida besh soat jismoniy mashq qilish kerak, degan xulosaga kelindi.
Avvaliga shifokorlar kelgusida qon bosimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun haftada 150 daqiqa o‘rtacha yoki 75 daqiqa intensiv jismoniy faollikni tavsiya qilishgan bo‘lsa, yangi tadqiqot esa bu ko‘rsatkichni taxminan ikki baravar oshirish zarurligini tasdiqladi. Ya’ni yosh o‘tishi bilan qon bosimi xastaliklaridan aziyat chekmaslik uchun kuniga atigi bir soat badantarbiya va yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kifoya. Qolaversa, mutaxassislar gipertoniyadan himoyalanishda boshqa profilaktik usullar, jumladan, tuz iste’molini kamaytirish, vaznni nazorat qilish, spirtli ichimliklardan tiyilish va chekishni tashlash muhimligini ta’kidlashmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun