Yosh tadbirkor bilan uchrashuv

Date:

Ba’zilar hali yosh ekanini ro‘kach qilib, kelgusi rejalarni orzulaydi-da, ayni javlon urib mehnat qiladigan, muvaffaqiyat sari birinchi qadami tashlaydigan muddatni, vaqtni o‘tkazib yuboradi. Fursat o‘tgandan keyin esa afsusdan foyda yo‘q. Qiziriq tumanidagi “Karmaki” mahallasida yashovchi yosh tadbirkor, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Dilnoza Ochildiyeva esa orzularini o‘z vaqtida amalga oshirib, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan va shu maqsad sari odimlagan yoshlardan. U bugungi kunda to‘qimachilik yo‘nalishida ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan va 40 nafardan ortiq yoshning bandligini ta’minlagan.


Dilnoza Ochildiyevaning g‘ayrati, shijoati esa atrofdagilarga, yoshlarga ibrat, o‘rnakdir. Shu sababdan ham ko‘pchilik yoshlar Dilnoza bilan birinchi bor ko‘rishganda eng avvalo, ishni nimadan boshlash, qanday yo‘l tutish kerakligi haqida so‘rashni boshlaydi. O‘z navbatida tinib-tinchimas yosh tadbirkorning ham yoshlarga o‘z aytar gaplari bor. Tadbirkorlar bilan hududlarda tashkil etilib kelinayotgan uchrashuvlar esa Dilnoza uchun ayni muddao bo‘ldi.
D.Ochildiyeva bilan tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar va aholi vakillari, shuningdek, mahallada endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlarning uchrashuvi samimiy ruhda o‘tdi va aytilgan fikrlar ishtirokchilarni ruhlantira oldi. Uchrashuvda yosh tadbirkor tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlarining muhim omillari haqida gapirib berdi. Barchaning qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.

Oldingi sahifaZiqnalar
Keyingi sahifaTADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHDI

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun