“Inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida…

Date:

O‘zbek mehmondo‘st, bolajon xalq. Turli millatlar bilan hamjihatlikda yashab keladi. Turgan gapki, qardosh va qo‘shni xalq vakillarining farzandlarini-da, o‘zinikidan kam ko‘rmaydi. Maktablarimizda tojik, turkman, afg‘on millat vakillarining bolalari ham tahsil olib keladi. Ularga munosib ta’lim-tarbiya berilib, e’tibor va g‘amxo‘rlik ostida ekanidan bolajonlarning ota-onalari ham shod.


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda UNICEF xalqaro tashkiloti hamkorligida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan “Inklyuziv taʼlim” loyihasi doirasida Termiz shahridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan afg‘on fuqarolarining farzandlari uchun o‘tilayotgan darslar va to‘garaklar faoliyati xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilib borilayotir.


Xususan, ekspertlar Termiz shahridagi 13- hamda 15-umumta’lim maktablarida bo‘lib, afg‘on bolalar ta’lim oladigan sinflar hamda to‘garaklarda o‘tilayotgan dars mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar va bolalarning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari bilan o‘rtoqlashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida pedagoglar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun