Gastranomik turizmni rivojlantirish maqsadida…

Date:

Turizmni rivojlantirish o‘sha davlatning madaniyati, san’ati va boshqa ko‘plab jihatdan tanitish bilan birga, mo‘may daromad ham keltiradi. Ayniqsa, yurtimizga tashrif buyuradigan turistlarni mahalliy aholini turmush-tarzi, hayoti, odat va qadriyatlar bilan yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida xonadonlar, mahallalarda munosib shart-sharoitlar, xizmatlar yaratilishi keng yo‘lga qo‘yilayotir. Surxon vohasida ham gastranomik turizmni rivojlantirish maqsadida Termiz shahri, Boysun va Sariosiyo tumanidagi qator mahallalar tanlab olindi va master rejalar ishlab chiqildi.


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi “Smart communication” MChJda bo‘lib, loyihalash, qurilish-ta’mirlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, sohada ko‘p yillik tajribaga ega “SIGMA Tashkent” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan master rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Kompaniya mutaxassislari va mas’ullar ishtirokida loyihalar muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir inklyuziv ta’lim jarayonlarini o‘rgandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Surxondaryo viloyatida...

“Yangi O‘zbekiston” massivlari farovonlik va zamonaviy turmushni ta’minlaydi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston”...

Loyiha yakuniy bosqichda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumanning “Do‘stlik” mahallasida amalga...

Bandixonning monumenti bor

Qiziriq tomondan Bandixon tumaniga kirishda ramziy monument qad rostladi....
KunTun
KunTun