Inson qadri — ustuvor

Date:

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Xususan, tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlarga 21 dona zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi.

Mazkur tashabbus ijtimoiy soha xodimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini raqamlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu kabi amaliy chora-tadbirlar, eng avvalo, inson manfaatlarini ta’minlash, har bir fuqaroning dardiga quloq tutish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Kelgusida ham ijtimoiy soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ish faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun