Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Date:

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorligini undirishda elektr energiyasi billing tizimiga asoslangan yangi tartib joriy etildi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, soliq qarzi 1 mln so‘mdan oshgan fuqarolarga bir necha bosqichda ogohlantirishlar yuboriladi: xabarnoma, SMS, “Soliq” mobil ilovasi va Yagona portal orqali eslatmalar.

Agar qarzdorlik bartaraf etilmasa, elektr to‘lovlariga vaqtinchalik cheklov qo‘yiladi. Cheklov qarzdorlik to‘liq qoplanganidan so‘ng avtomatik bekor qilinadi. Sinov natijalari asosida tartib 2026-yil 1-oktyabrgacha boshqa hududlarda ham tatbiq etilishi mumkin. Ushbu chora fuqarolarni soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undash va moliyaviy intizomni mustahkamlashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun