Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Date:

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish maqsadida “Aqlli bekatlar” o‘rnatish ishlari boshlanadi, deb xabar berdi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi. Innovatsion bekatlar xavfsizlik va qulaylikni birinchi o‘ringa qo‘yadi: har bir bekat markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan videokameralar bilan jihozlanadi, favqulodda holatlar uchun “SOS” tugmasi mavjud bo‘ladi, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus kutish joylari tashkil etiladi.

Shuningdek, elektron monitorlar orqali avtobus jadvali ko‘rsatiladi, tezkor xaridlar uchun vending qurilmalari o‘rnatiladi. Ushbu yangiliklar jamoat transportidan foydalanishni xavfsiz, qulay va zamonaviy darajaga olib chiqadi. “Aqlli bekatlar” qayerlarda o‘rnatilishi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Markaz tomonidan e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun