Murojaat yechim topadimi?

Date:

Surxondaryo viloyatida “Termiz kargo sentr” logistika markazining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, albatta, ayni soha bilan shug‘ullanib, daromad ko‘radigan fuqarolar uchun ayni muddao bo‘ldi. Qo‘shni davlat Afg‘onistonga yuk tashish bilan shug‘ullanishadi. Ammo, ularning erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi jihatlar ham yo‘q emas. Ayni shu jihatlarni bartaraf etish maqsadida “Termiz kargo sentr” logistika markazida faoliyat yurituvchi haydovchilar Surxondaryo viloyati hokimiga videomurojaat yo‘llashdi.
O‘z navbatida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida yuk tashuvchi haydovchilar bilan viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda haydovchilarning Afg‘onistonga yuk tashish bilan bog‘liq, viza olish, bojxona to‘lovlari, qo‘shni davlatda harakatlanish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.
Ushbu jihatlarni mas’ullar batafsil o‘rganib chiqadigan va bu bo‘yicha kerakli takliflar kiritadigan bo‘lishdi. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham tomonlarning rasmiy uchrashuvlarida muhokamaga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Oldingi sahifaJinoyat muhokamasi o‘tkazildi
Keyingi sahifaOna

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun