Ona

Date:

Ikki-uch mahalla narida yashovchi qizi, kechki soat oltida yoningizga boraman, deb qo‘ng‘iroq qilgan edi. Ammo hanuz darak yo‘q. Soat millari aytilgan vaqtdan ancha olislab ketdi. Ona bezovta bo‘la boshladi.
Qiziga qo‘ng‘iroq qilish uchun qo‘l telefoni raqamlarini terdi. Biroq allaqanday biyrongina qiz «hisobingizda mablag‘ etar- li emas» deb javob berdi. Onaning hafsalasi pir bo‘ldi. O‘g‘li, kelini nevaralarni ham qo‘ltiqlab uch kunlik sayohatga ketish- gan. Uyda o‘zidan boshqa hech kim yo‘q.
«Qizim odatda aytgan vaqtida kelardi, − o‘yladi ona, − bu gal negadir kechikdi. Yo biror kor-hol yuz berdimikan?»
Ona o‘z xayollaridan o‘zi vahimaga tushib ko‘chaga otilib chiqdi. Darvozani apil-tapil qulflab, avtobus kutishga ham toqat qil- may, uch-to‘rt chaqirim naridagi mahalla tomon, qizinikiga yo‘l oldi.
Atrof allaqachon qorong‘ilikka burkangan. Kech kuzning muzdek shamoli etni junjiktiradi. Qizi o‘z darvozasi yonida bezovta, jonsarak bir alfozda turgan ekan.
− Oyi-i, − dedi u onasini ko‘rgan zahotiyoq sergaklanib, − nima qilib yuribsiz kechki payt, tinchlikmi?
− O‘zingda tinchlikmi, va’da berib bormading-ku, xavotirlandim…
− E-e, − norizo qo‘l siltadi qizi, − Sevarani kutib o‘tiribman, qizim soat beshdan kech qolmas edi, o‘qishi ham bor bo‘lsin-da, rosa xavotirga qo‘ydi…

Luqmon

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun