Jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Date:

Yurtimizda yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lishlik, qavm-u qarindoshlik o‘rtasidagi munosabatlar va tavoze’lik haqida oilada, maktabda, xullas doimiy tarzda uqtirib boriladiki, bu qon-qonimizgacha singib, qadriyat tusini olgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Ammo, oramizda shunday insonlar borki, ana shunday qadriyat tusini olgan jihatlarni mensishmaydi yoki manfaat va adovatga berilib, tuzatib bo‘lmas xatolarga yo‘l ochishadi.
1994-yilda tug‘ilgan fuqaro T.E. yashash uyi oldidagi dalada otasi T.Ch. bilan birga xashak bog‘layotgan vaqtda qarindoshi K.Sh. kelib, “nega molingni bizni dalaga bog‘lab qo‘yibsan”, deb T.Ch. urib ketganligi uchun T.Ch.ning o‘g‘li T.E. ham hurmat va izzatni unutib, otasini urgani uchun jaxl otiga mindi-da, qo‘lidagi o‘roq bilan K.Sh.ning yelka qismiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazdi.


O‘zbekiston Respublikasi VMning 10.09.2021 yildagi 565-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Muzrabot tumanining “Mehnatobod” mahallasida sodir etilgan ushbu jinoyat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Ayni holat «Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati» tizimi asosida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi.
Albatta, yoshi ulug‘larning fikrlari, kavyoni onaxonlarning kuyunchaklik bilan berilgan tanbehlarida jon bor. O‘rtaga tashlangan masala esa o‘ta jiddiy. Qondosh-qarindoshlar o‘rtadagi o‘zaro hurmatni yig‘ishtirib qo‘yib, bir-birining qonini to‘kishgacha borar ekan, nega endi sergaklanmaslik, bir chekada jim qarab turish kerak? Yig‘ilish so‘nggida mahalla beshligiga ham jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun