Faoliyati bilan ibrat

Date:

Sho‘rchilik Muazzam Pardayeva tayyorlayotgan shirinliklardan bir tatib ko‘rsangiz, faqat va faqat ayi shu shirinliklardan xarid qilishni odat qilasiz. Mohir pazanda hunari ortidan oilada ham, jamiyatda ham o‘rnini topgan ayollardan. Tadbirkor ayolning pishiriqlari mahallada dong‘i ketgan va xaridorgirligi bilan mashhur. Bu esa pishiriqlarga bo‘lgan talabni oshiradi.
O‘z-o‘zidan ayonki, talabning ortishi, qo‘shincha ish o‘rniga, yordam kuchiga ehtiyoj tug‘diradi. Shuning uchun Muazzam opa mahalladagi xotin-qizlarning 9 nafarini yoniga olib, ish bilan ta’minlagan. Erta tongdan ish boshlagan xotin-qizlar pishiriq pishirishni boshlashsa, kunni qanday kech qilishganini bilmay qolishadi. Ayniqsa, xaridorlarning maqtovlari ularning zavqini oshirib, charchoqlarini chiqargandek bo‘ladi.
Mana shunday tadbirkor ayollar nafaqat daromad olib, ish o‘rinlari yaratishayotir, balki jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, izlansa, harakat qilsa, hech kimdan kam emasligini ham ko‘rsatishda ibrat va namuna bo‘layotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun