“Endi qishlogʻimda shaxmat toʻgaragini ochaman!

Date:

Sport insonni chiniqtirish bilan birga dunyoga tanitishga, mashhurlik pillapoyasiga ko‘tarilishga sabab bo‘ladi. Sho‘rchilik 27 yoshli Dilfuza To‘raxonova ham o‘zini ko‘plab sport turlarida sinab ko‘rdi-yu, shaxmat o‘ynashga qiziqib qoldi. Ushbu sport turidagi o‘yin taktikasi, usullariga mehri tushdi, o‘ylab, mushohada qilib yurish qilish, aqlni charxlashini bilgan Dilfuza shaxmat o‘ynashni puxta o‘rgandi. So‘ng, turli musobaqalar-u tanlovlarda ishtirok etib, muvaffaqiyatga erishdi.
Dilfuza faqat shaxmatchi bo‘libgina qolmay, bilimini boshqalarga ham o‘rgatishni, jamiyatga naf keltirishni o‘yladi. Ayni shu sababdan ham bir necha yildan buyon shaxmat toʻgaragini ochishni va mahallasida shaxmat sport turiga qiziquvchi bolalarga toʻgarak ochib, ustozlik qilishni orzu qildi. Ammo, shaxmat sport anjomlari yoʻqligi sababli toʻgarak ochishning imkoni boʻlmadi.
Yaxshiyamki, Dilfuza Yoshlar ishlari agentligi tomonidan munosib qo‘llab-quvvatlandi va unga 30 nafar to‘garak a’zolariga mo‘ljallangan sovg‘alar yetkazildi. Endilikda Sho‘rchi tumanining Yangiobod qishlogʻida shaxmat toʻgaragi ochiladi…

S.Davlatova

Oldingi sahifaHamyon
Keyingi sahifaQarzdorlik to‘lab berildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun