Qarzdorlik to‘lab berildi

Date:

Har qanday oldi-sotdi qonuniy bo‘lmog‘i, yozma shartnoma tuzilib, tomonlarning huquqlari to‘la kafolatlanmog‘i lozim. Ana shundagina majburiyatlarning bajarilmasligi ikkinchi tomonning javobgarligiga sabab bo‘ladi. Uzun tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Uzunmaxsussuvpudrat” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus texnikalarini lizing shartnomasi asosida qabul qilib, undan foydalanib kelayotgan bo‘lsa-da, shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmadi.
Ushbu holat esa lizing asosida maxsus texnikalarini bergan tadbirkor oldida ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Shu bois ushbu masala sud tartibida hal etilib, 201 million so‘m qarz “Uzunmaxsussuvpudrat” jamiyatidan undirilishi belgilandi.
Ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi va ijro harakatlariga kirishildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatning hisob raqamlariga band solinib, inkassa topshiriqnomalari yuborildi hamda qarzdorlik to‘lab berilmagan taqdirda jamiyatga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlovga olinib, auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida jamiyat rahbari ogohlantirildi. Shundan so‘ng, qarzdorlik qisqa muddatda bartaraf etilib, ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun