Tajriba so‘zini aytdi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lganlar uchun imkon va imtiyozlar ko‘p. Qishloq xo‘jaligida ekin-tikin qilish, mol-hol boqish yoki parrandachilik bilan mashg‘ul bo‘lish ham o‘lmaydigan soha. Asalarichilik qilib ham mo‘may daromad olish mumkin. Faqat mehnatkash asalarilarning tilini tishunish, ularni parvarishlash texnikasini bilish lozim. Ana shundagina doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish hech gap emas.
Shu jihatdan bugungi kunda yurtimizda asalarichilik sohasini rivojlantirishga, asal mahsulotlarini yetishtirishga bo‘lgan e’tibor va talab ortib bormoqda. Ayniqsa, ekologik toza asalga bo‘lgan ehtiyoj nihoyatda yuqori. Boisi asal shifobaxsh ne’mat sifatida o‘z tarkibida inson organizmi uchun zarur yetmishga yaqin mikroelementlarni jamlagan.
Angor tumanida ham asalarichilikni rivojlantirish maqsadida ko‘pchilik o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib ulgurganki, ularning faoliyati atrofdagilar uchun o‘rnak va namuna bo‘la oladi. Tumanning “Yangiobod” mahallasida 12 ta xonadonda asalari parvarish qilinmoqda.
Ulardan biri To‘xtamurod Eshboyev bo‘lib, u oila a’zolari bilan birgalikda 20 yildan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Asalarichining aytishiga qaraganda hozirgi kunda 100 ta qutida 200 ta asalari oilasini parvarish qilmoqda. Bu arilar “Karningka” ari va “Karpat” ari zotlari bo‘lib, Ukrainadan olib kelingan.

Oldingi sahifaUnutilmas uchrashuv
Keyingi sahifaG‘olibga “Damas”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun