Darsliklar uchun ijara pulini davlat toʻlaydi

Date:

Ayni paytda-ku yozgi ta’til boshlanib, farzandlarimiz miriqib xordiq chiqarishni boshladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi nafaqat yoshlarga, balki ota-onalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Farzandlarimiz uchun yangi maktab formasi, kerakli o‘quv qurollari va boshqa buyumlarini xarid qilib, endi maktabga jo‘natganimizda, maktab darsliklari uchun ijara to‘loviga navbat keladi. To‘g‘ri, bolalarimizning kelajagi, munosib ta’lim olishi uchun bu darsliklar zarurat. Ammo, hamma oilaning ham bu imkonni topa olmasligi yomon. Yetmaganiga oilada bir nechta farzandning maktabga qatnashi muammoni yanada mushkullashtiradi.
Joriy yil 26-may kuni imzolangan Prezidentning tegishli farmoni bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatiladigan bo‘ldi. Bu esa jamgʻarma yangi oʻquv yilidan boshlab, maktab darsliklarining ijara toʻlovi toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash hamda oʻquvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinadi degani.
Bunda, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun