Yana bittaga ko‘payadi

Date:

Muzrabot tumanida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun qishloqlar yangi qiyofa aks etganki, mehmon bo‘lgan borki, bunday o‘zgarishlarni, albatta, payqaydi. Yo‘llar ravon bo‘lib, ko‘priklar qurilayotir. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ochilib, ish olib borayotgani aholiga yanada qulaylik tug‘dirmoqda. Bu kabi tub o‘zgarishlar muzrabotliklarning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilyapti.
Ayniqsa, tumanda so‘nggi yillarda to‘rtta zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurib bitkazildi. Natijada 120 ta oila doimiy yashash joyiga ega bo‘ldi. Tuman hokimi Abdurashid Ismailov bu bilan kifoyalanmadi, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, yaxshi bir tashabbusga qo‘l urdi. Tuman markazidan yana bitta besh qavatli uy-joy qurish kerakligini ta’kidlab, bu boradagi amaliy ishlarga tamal toshi qo‘ydi. Qarabsizki, qisqa muddatda ko‘p qavatli uy-joyning qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Tuman rahbari qurilajak uj-joyning loyihasini “Fayz Istiqlol Bunyodkori” MCHJ rahbari Xusniddin Xakimov hamda masʼullar bilan kengashib, aholiga uzoq yillar xizmat qiladigan, sifatli uy qurish kerakligini hisobga olib, qurilish ishlari boshlash bo‘yicha kelishib olishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun